Asosiy qismga oʻtish
TilSifat
Boshlash

Oʻzbek tili spetsifikatsiyasining etalon tatbiqi · ULS 1.0.0 · 1-daraja

Oʻzbek matnini normallashtiradi, xatoliklarini tuzatadi va sifatini oʻlchaydi

Hujjatni yuklaysiz. TilSifat uni oʻn bosqichdan oʻtkazadi: xatoliklar tuzatiladi, sifat oʻlchanadi. Natija — Maʼlumotlar pasporti va AI uchun tayyor toʻplam.

Har bir bosqich nima oʻzgarganini yozib boradi. Taxmin qilinmaydi.

Bitta misol

Oldin

0'zbeklston

'U+0027

Keyin

Oʻzbekiston

ʻU+02BB

bosqich
13bosqich
kirish formati
8kirish formati
sifat oʻlchami
9sifat oʻlchami
eksport formati
5eksport formati

Qabul qilinadi: PDF · DOCX · TXT · HTML · CSV · JSON · XML · Markdown

Oʻzbek matni AI uchun tayyor emas

Muammo matnning kamligida emas — uning bir xil emasligida.

  • Bir tovush, toʻrt belgi

    Bir tovushni toʻrt xil belgi bilan yozishadi. Ular ekranda bir xil koʻrinadi, lekin boshqacha kodlanadi — qidiruv ham, tokenlarga ajratish ham buziladi.

  • Har kim oʻzicha tozalaydi

    Har bir jamoa oʻz skriptini yozadi. Natijada ikkita korpusni solishtirib boʻlmaydi va bir xil ish qayta-qayta bajariladi.

  • Sifatni oʻlchaydigan meʼyor yoʻq

    Korpus yaxshimi yoki yomonmi — buni aytadigan umumiy oʻlchov mavjud emas edi.

TilSifat shu uchta muammoni bitta pipeline bilan hal qiladi.

Hujjat qanday yoʻl bosadi

Oʻn uchta bosqich belgilangan. Standart pipeline ularning oʻntasini ishga tushiradi: yuklash va tekshirish undan oldin bajariladi, eksport esa talab boʻyicha.

Pipeline boshlanishidan oldin

  1. Yuklash

    Fayl qabul qilinadi va saqlanadi.

  2. Tekshirish

    Format, hajm va butunlik tekshiriladi. Shubhali arxiv karantinga tushadi.

Pipeline ichida

  1. Matn ajratish

    Fayldan matn va tuzilma olinadi.

    Artefakt: Xom matn

  2. Normallashtirish

    Unicode, imlo belgilari, boʻshliq va tinish belgilari bir meʼyorga keltiriladi.

    Artefakt: Normallashtirilgan matn

  3. Tozalash

    OCR xatoliklari, sahifa artefaktlari va koʻchirilgan defis tuzatiladi.

    Artefakt: Tozalangan matn

  4. Til aniqlash

    Til, yozuv va aralash belgili soʻzlar oʻlchanadi.

    Artefakt: Til profili

  5. Metamaʼlumot

    Sarlavha, muallif, sana va manba — har biri qayerdan kelgani bilan.

    Artefakt: Hujjat metamaʼlumoti

  6. Takrorlarni aniqlash

    Bir xil hujjatlar guruhlanadi. Hech narsa oʻchirilmaydi.

    Artefakt: Takrorlar hisoboti

  7. RAG boʼlaklari

    Matn sarlavha yoʻli va kesishuvi bilan boʻlaklarga ajratiladi.

    Artefakt: RAG boʻlaklari

  8. Sifat bahosi

    Toʻqqizta oʻlcham va har birining qamrovi hisoblanadi.

    Artefakt: Sifat hisoboti

  9. Toʼplam pasporti

    Sifat, ishonch va tayyorlik alohida qayd etiladi.

    Artefakt: Maʼlumotlar toʻplami pasporti

  10. SFT toʼplami

    Hujjat boʻlimlaridan koʻrsatma-javob juftliklari tuziladi.

    Artefakt: SFT toʻplami

Talab boʻyicha

  1. Eksport

    Tanlangan formatda korpus va uning manifesti yoziladi.

    Artefakt: Eksport fayllari

Har bir bosqich oʻzgarmas artefakt yozadi. Har bir artefakt SHA-256 bilan tekshiriladi va oʻzidan oldingisiga bogʻlanadi — shuning uchun natijani boshidan oxirigacha kuzatish mumkin.

Oldin va keyin

Quyidagi misollar sinov korpusiga ataylab kiritilgan nuqsonlar. Ular test bilan tekshiriladi — koʻrsatish uchun tanlab olinmagan.

Kodlash buzilgan

Oldin

Ta’lim tizimida sun’iy intellekt

Keyin

Taʼlim tizimida sunʼiy intellekt

UTF-8 matn boshqa kodlash sifatida oʻqilgan va qayta yozilgan. Tutuq belgisi oʻrniga uchta begona belgi paydo boʻlgan.

OCR xatoligi

Oldin

Ta' Iim vazirligi Ma' n o va Sun' iy

Keyin

Taʼlim vazirligi Maʼno va Sunʼiy

Tanish dasturi nol raqamini O harfi deb, bosh I harfini kichik l deb oʻqigan va soʻzlarni boʻlib yuborgan.

Koʻchirilgan defis

Oldin

hisob-
lanadi

Keyin

hisoblanadi

Satr oxiridagi defis — soʻzning qismi emas, sahifa tartibining izi. Soʻz qayta birlashtiriladi.

Lugʻatda yoʻq soʻz

Oldin

umumma'lum

Keyin

umumma'lum

Lugʻat bu soʻzni tanimadi. Matn oʻzgartirilmadi va ogohlantirish yozildi — ikkala tomon ataylab bir xil.

Toʻrtinchisi eng muhimi. Lugʻat soʻzni tanimasa, TilSifat matnni oʻzgarishsiz qoldiradi va ogohlantirish yozadi. Taxmin bilan tuzatilgan xatolikni keyin hech kim topa olmaydi.

Ikkita belgi, ikkita maʼno

Oʻzbek lotin yozuvida ikkita belgi bor. Ular deyarli bir xil koʻrinadi va butunlay boshqa vazifani bajaradi. Haqiqiy matnda esa koʻpincha ikkalasi ham emas, uchinchi bir belgi yoziladi.

Matnda uchraydigan belgilar

  • 'U+0027
  • ‘U+2018
  • ’U+2019
  • `U+0060

Toʻgʻri belgilar

  • ʻU+02BBoʻ va gʻ harflarining qismiOʻzbekiston
  • ʼU+02BCTutuq belgisimaʼlumot

Uch qoida, shu tartibda

  1. Oʻrin boʻyicha

    o yoki g harfidan keyingi belgi har doim harf qismi boʻladi.

  2. Lugʻat boʻyicha

    Qolgan holatlarda lugʻat qaraladi.

  3. Javob boʻlmasa

    Matn oʻzgartirilmaydi, ogohlantirish yoziladi. Taxmin qilinmaydi.

Lugʻatda hozircha 240 ta soʻz bor va u toʻliq emas. Uchinchi qoida shuning uchun kerak: lugʻat oʻsgani sayin natija yaxshilanadi, lekin hech qachon buzilmaydi.

Buzilgan matnni tuzatish

Kodlash

Notoʻgʻri kodlangan matn aniqlanadi va asl holiga qaytariladi. Bu bosqich matnni bir yozuvdan boshqasiga oʻgirmaydi — u faqat buzilgan kodlashni tuzatadi.

OCR

Tanish xatoliklari ikki darajada tuzatiladi. Bir belgilik chalkashliklar darhol taklif qilinadi; bir nechta belgini qamragan almashtirish esa faqat lugʻat natijani tasdiqlasa qoʻllanadi.

Masalan, rn koʻpincha m deb notoʻgʻri oʻqiladi. Lekin qorni, arna va zarnigor — haqiqiy oʻzbek soʻzlari. Shuning uchun bu almashtirish faqat lugʻat tasdiqlaganda qoʻllanadi.

TilSifat OCR dasturi emas

U rasmdan matn ajratmaydi. Matn qatlami bor faylni qabul qiladi va undagi tanish xatoliklarini tuzatadi. Matn qatlami boʻlmagan sof rasm nusxasini avval boshqa vosita bilan matnga oʻgirish kerak.

Nimalar bor

Har bir imkoniyat ishlaydigan bosqichga bogʻlangan. Rejalashtirilganlari alohida koʻrsatilgan.

Qabul

  • Yuklash va tekshirish

    Format, hajm va butunlik tekshiriladi. Shubhali arxiv karantinga olinadi, oʻchirilmaydi.

  • Matn ajratish

    Sakkizta format oilasidan matn va tuzilma olinadi.

Normallashtirish

  • Unicode normallashtirish

    Belgilar bir meʼyorga keltiriladi va NFC shakliga oʻtkaziladi.

  • Imlo belgilari

    Har bir belgi harf qismimi yoki tutuq belgisimi — oʻrin va lugʻat boʻyicha aniqlanadi.

  • Kodlash tuzatish

    Buzilgan kodlash aniqlanadi va matn asl holiga qaytariladi.

  • OCR tozalash

    Tanish xatoliklari lugʻat tasdigʻi bilan tuzatiladi.

Tahlil

  • Tuzilma aniqlash

    Sarlavha, band, roʻyxat va jadval ajratiladi; sahifa artefaktlari olib tashlanadi.

  • Til aniqlash

    Oʻzbek, rus, ingliz va aralash matn — yozuv taqsimoti bilan.

  • Metamaʼlumot

    Har bir maydon qayerdan kelgani bilan yoziladi: berilgan, ajratilgan, hosil qilingan yoki taxmin qilingan.

  • Takrorlarni aniqlash

    Bir xil hujjatlar guruhlanadi va hisobotga yoziladi. Hech narsa oʻchirilmaydi.

Yetkazish

  • RAG boʻlaklari

    Sarlavha yoʻli, kesishuv va oʻrni bilan boʻlaklar.

  • SFT juftliklari

    Hujjat boʻlimlaridan koʻrsatma-javob juftliklari tuziladi.

  • Sifat bahosi

    Toʻqqizta oʻlcham, har biri qamrovi bilan.

  • Maʼlumotlar pasporti

    Sifat, ishonch va tayyorlik alohida koʻrsatiladi.

  • Eksport

    Besh format, uch toʻplam turi — manifest bilan.

Rejalashtirilgan

Transliteratsiya (lotin va kirill oʻrtasida), grammatikani normallashtirish, nomlangan obyektlarni ajratish, yaqin takrorlarni oʻlchash.

Nimani qabul qiladi, nimani qaytaradi

Kirish formatlari

  • PDF
  • DOCX
  • TXT
  • HTML
  • CSV
  • JSON
  • XML
  • Markdown

Arxiv fayllari (ZIP) yuklanadi va tekshiriladi, lekin ichidagi hujjatlar hozircha ajratilmaydi.

Bitta fayl uchun chegara 100 MB, bitta maʼlumotlar toʻplami uchun 1 GB.

Chiqish formatlari

  • JSONL
  • Parquet
  • CSV
  • Matn
  • Markdown

Toʻplam turlari

Asosiy korpus
Har bir yozuv — bitta hujjat: tozalangan matn, oʻlchangan til va provenansiyali metamaʼlumot.
RAG boʻlaklari
Har bir yozuv — bitta boʻlak: sarlavha yoʻli, kesishuv va oʻrni bilan. Faqat 12-bosqich ishlagan versiyalarda.
SFT juftliklari
Har bir yozuv — bitta koʻrsatma-javob suhbati. Faqat 13-bosqich ishlagan versiyalarda.

Sifat oʻlchanadi va qamrovi koʻrsatiladi

Har bir maʼlumotlar toʻplami Maʼlumotlar pasporti bilan chiqadi. Unda uchta narsa alohida yoziladi: sifat, ishonch va tayyorlik. Ular bitta raqamga birlashtirilmaydi.

Toʻqqizta oʻlcham

  • Unicode sifati
  • Kodlash sifati
  • Boʻshliq sifati
  • OCR sifati
  • Tuzilma sifati
  • Til sifati
  • Metadata sifati
  • Takrorlanmaslik
  • Boʻlaklash sifati

Ishonch

Artefakt butunligi, manba versiyalari, litsenziya va xavfsizlik topilmalari — har biri alohida eʼtiroz sifatida yoziladi.

Tayyorlik

Beshta foydalanish yoʻnalishi uchun alohida baholanadi.

  • Korpus oʻqitish
  • RAG
  • SFT
  • Qidiruv indeksi
  • Arxiv

Har bir baho yonida qamrov koʻrsatiladi. Oʻlchanmagan oʻlcham nolga tenglashtirilmaydi — u oʻlchanmagan, va pasport buni aytadi.

Kimlar uchun

  • AI muhandisi

    Vaziyat
    Model uchun oʻzbekcha korpus yigʻyapsiz, lekin manbalar har xil.
    Natija
    Bir xil normallashtirilgan korpus va uning sifat bahosi.
  • Maʼlumot muhandisi

    Vaziyat
    Har hafta yangi hujjatlar keladi va ularni qoʻlda tozalash kerak.
    Natija
    Takrorlanadigan pipeline: bir marta sozlanadi, har safar bir xil ishlaydi.
  • Raqamlashtirish mutaxassisi

    Vaziyat
    Arxiv hujjatlari raqamlashtirilgan, lekin matn sifati past.
    Natija
    Tuzatilgan matn va har bir oʻzgarish yozib borilgan hisobot.
  • Tadqiqotchi

    Vaziyat
    Ilmiy ish uchun korpus kerak va u qayta takrorlanadigan boʻlishi shart.
    Natija
    Versiyalangan maʼlumotlar toʻplami — manbasi va manifesti bilan.

TilSifat nima qilmaydi

  • Model oʻrgatmaydi.
  • Tarjima qilmaydi.
  • Vektor bazasi emas.
  • OCR dasturi emas — rasmdan matn ajratmaydi.
  • Lotin va kirill oʻrtasida oʻgirmaydi.
  • Yaqin takrorlarni oʻlchamaydi.
  • Nomlangan obyektlarni ajratmaydi.

Buning evaziga: har bir bosqich almashtirilishi mumkin, har bir natija qayta takrorlanadi, va har bir daʼvo oʻlchangan.

Savollar

Yuklagan maʼlumotlarim model oʻqitish uchun ishlatiladimi?

Yoʻq. Platformaga birorta ham AI provayderi ulanmagan — barcha bosqichlar qoidaga asoslangan va bir xil kiritishga har doim bir xil natija beradi. Model oʻrgatish mahsulot chegarasidan tashqarida.

Fayllarim qayerda saqlanadi?

Obyekt xotirasida, zonalarga ajratilgan holda: kelgan fayllar, karantin, artefaktlar va eksportlar alohida turadi. Har bir artefakt SHA-256 bilan tekshiriladi va faqat sizning ish maydoningizdan koʻrinadi.

Qaysi formatlarni qabul qiladi?

PDF, DOCX, TXT, HTML, CSV, JSON, XML va Markdown. Arxiv fayllari yuklanadi, lekin ichidagi hujjatlar hozircha ajratilmaydi.

Kirill yozuvi bilan ishlaydimi?

Kirill matni aniqlanadi, til profilida qayd etiladi va aralash yozuvli soʻzlar sanaladi. Lekin lotin va kirill oʻrtasida oʻgirish hozircha yoʻq — u rejalashtirilgan.

Skanerdan oʻtgan PDF bilan ishlaydimi?

Matn qatlami bor PDF toʻliq ishlanadi va OCR xatoliklari tuzatiladi. Matn qatlami boʻlmagan sof rasm nusxasini avval boshqa vosita bilan matnga oʻgirish kerak.

Sifat qanday oʻlchanadi?

Toʻqqizta oʻlcham boʻyicha, har biri qamrovi bilan. Oʻlchanmagan oʻlcham nolga tenglashtirilmaydi. Natija Maʼlumotlar pasportida yoziladi.

API bormi?

Platforma ichida OpenAPI bilan tavsiflangan interfeys bor, lekin mijozlar uchun ochiq API va kalitlar hozircha yoʻq.

Ochiq kodlimi?

Platforma dasturi yopiq litsenziya ostida. Oʻzbek tili spetsifikatsiyasi va uning lugʻatlari esa Apache-2.0 ostida ochiq — chunki hech kim qoʻllay olmaydigan standart standart emas.

Bitta hujjat bilan boshlang

Fayl yuklash uchun hisob kerak: har bir fayl sizning shaxsiy ish maydoningizda saqlanadi va faqat sizga koʻrinadi.

Roʻyxatdan oʻtganingizda hisob va shaxsiy ish maydoni yaratiladi. Soʻng loyiha ochasiz, maʼlumotlar toʻplami yaratasiz va birinchi faylni yuklaysiz.